Oʻzbekistonga bojsiz normadan ortiq qiymatda tovar olib kirish arzonlashadi.
Xorijdan notijorat maqsadda tovar olib kirayotgan jismoniy shaxslardan tovarning qiymati bojsiz normadan oshganda undiriladigan yagona bojxona toʻlovi stavkasi 2027-yil 1-yanvardan pasaytiriladi. Prezident farmoniga koʻra, stavka 30 foizdan 20 foizga tushiriladi. Har bir kilogramm uchun belgilangan minimal toʻlov esa 3 dollardan 2 dollarga pasaytiriladi..
Read full article →