Taʼmirtalab uylardan qulay xonadonlarga: Toshkentda renovatsiyaning ilk bosqichi amalga oshmoqda.
Toshkentda yillar davomida eski va taʼmirtalab uylarda yashab kelgan oilalarni yangi xonadonlarga koʻchirish boshlandi. Renovatsiya dasturining birinchi bosqichida 40 nafar ishtirokchiga zamonaviy turar joy kalitlari topshirildi. Yangi xonadon egalari orasida yillar davomida yomgʻirda devorlari suv oʻtkazadigan, elektr tarmoqlari va isitish tizimida muammolar boʻlgan uylarda yashaganlar ham bor..