30 mln soʻmdan koʻp topadiganlarning 32 foizi sayohatga pul sarflamoqchi - Markaziy bank.
Oʻzbekistonda aholining isteʼmol kayfiyati 2026-yilning II choragida ham ijobiyligicha qolgan. Odamlarning kelgusidagi xarajat rejalari daromad darajasiga qarab ancha farq qiladi: yuqori daromadli aholi sayohat, avtomobil va uy-joy xaridiga koʻproq mablagʻ ajratishni rejalashtirayotgan boʻlsa, daromadi pastroq qatlamlarda uy-joy taʼmiri, taʼlim va davolanish asosiy xarajatlar boʻlib qolmoqda..