“Sud tomonidan tegishli materiallar Fargʻona shahar prokuroriga joʻnatilgan” – bogʻchada bolani tok urish ishida aybdorlar koʻpayishi mumkin.
Fargʻona shahridagi davlat bogʻchasida 6 yoshli bola tok urishi oqibatida ogʻir jarohatlangandi. Dastlabki sudda bogʻcha tarbiyachisi, qurilish tashkiloti vakili va tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassisi aybdor deb topilgan. Apellyatsiya sudi boshqa masʼullarga nisbatan ham jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun Fargʻona shahar prokuroriga ajrim kiritgani maʼlum boʻldi..