«Yomgʻirli kunlarga qolib ketadi, deb qoʻrqyapmiz»: Chaqar mahallasi aholisi nimadan norozi?.
Shayxontohur tumanidagi Chaqar mahallasida obodonlashtirish ishlaridan soʻng aholi noqulay sharoitda qolganidan shikoyat qilmoqda. Ularning aytishicha, hududdagi daraxtlar kesilgan, yoʻlak va asfalt qoplamalari buzilgan, qurilish ishlari esa vaqti-vaqti bilan toʻxtab qolmoqda. Masʼullar ishlarni yakunlashga vaʼda bergan. Kun.uz vaziyatni oʻrgandi..