Taksi narxlari bir necha barobar oshgani yuzasidan oʻrganish boshlandi.
Raqobat qoʻmitasi taksi agregatorlarida narxlar oshishining asosli ekanini va insofsiz raqobat alomatlarini oʻrganmoqda. Agregatorlardan narx belgilash algoritmlarini qayta koʻrib chiqish, haydovchilarga mablagʻlarini oʻtkazishdagi nosozliklarni bartaraf etish hamda bonuslarni toʻlab berish soʻralgan..