Issiqlik taʼminotida tariflar tannarxni qoplaydigan darajaga yetkaziladi.
Oʻzbekistonda 2030-yilgacha issiqlik tariflarini bosqichma-bosqich tannarx darajasiga yetkazishga qaror qilingan. Aholi uchun hozirgi tariflar tannarxning qariyb 20 foizini qoplaydi. Buni 100 foizga yetkazish uchun bir tomondan tariflarni erkinlashtirish, boshqa tomondan esa tarmoqlarni yangilash, yoʻqotishlarni kamaytirish va boshqaruvni yaxshilash hisobiga tannarxni kamida 30-40 foizga pasaytirish reja qilingan..