Xususiy taʼlim dargohlarida IIV inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin.
Xususiy maktab va boshqa taʼlim muassasalarida bulling, zoʻravonlik, giyohvandlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ichki ishlar xodimlari lavozimlarini joriy etish taklif qilindi. Bu Ichki ishlar vazirligi tayyorlagan qaror loyihasida nazarda tutilgan..