Havo shari Toshkentning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi.
19-oktabr kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. Bunga «Aksa Toshkent» issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga havoda uchib kelgan shar tushishi sabab boʻlgan..