Qashqadaryo yil oxirigacha kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.
Qashqadaryoda 2026-yil oxirigacha kambagʻallik va ishsizlikni tugatish uchun aniq hisob-kitoblar bor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yigʻilishda “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashev va limonchilik maktabini yaratgan Abdumannop Xudoyberdievga davlat mukofotlari berildi. “Mutolaa” loyihasi bosh muharriri Javlon Jovliev va “Yosh kitobxon oila” tanlovining ikki gʻolibiga Toshkentdan yangi xonadonlar sovgʻa qilindi..