“Mulkdor uyining toʻliq qiymatini ololmasligi mumkin” - ekspertlar turar-joylarni ommaviy baholash haqida.
Ommaviy baholash natijalaridan "snos" uchun kompensatsiya belgilashda foydalanish mulkdorlarning zarariga ishlashi mumkin. Kun.uz bilan suhbatda aytilishicha, bunday baholashda har bir uyning individual xususiyatlari, kadastrga kiritilmagan qoʻshimcha imoratlar va dov-daraxtlar toʻliq hisobga olinmasligi xavfi bor. Natijada kompensatsiya mulkning haqiqiy qiymatini qoplamasligi mumkin, deb hisoblamoqda ekspert..