Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklarga 850 ming dollar undirib berildi.
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida xorijda mehnat qilayotgan 817 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ish haqi va kompensatsiyalarga oid murojaatlari koʻrib chiqilib, ular foydasiga jami 850 ming AQSH dollari undirildi. Shuningdek, 532 nafar fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ish beruvchilar va vositachilardan qaytarib olindi..