Samarqandda bolalar uchun taʼlim va reabilitatsiyani birlashtirgan IMKON markazi ochildi.
Samarqandda maktabgacha taʼlim, korreksion-pedagogik yordam va kompleks reabilitatsiya xizmatlarini birlashtirgan IMKON markazi ochildi. Uning maktabgacha taʼlim boʻlimi 150 oʻringa moʻljallangan, ambulator boʻlimida esa har oy qariyb 100 nafar bola reabilitatsiya kurslaridan oʻtishi mumkin..