Kiyev pulni ertaroq soʻradi, Yevropa Ittifoqi rad etdi.
Yevropa Ittifoqi Ukrainaning 90 mlrd yevrolik kreditdan bir qismini muddatidan oldin ajratish haqidagi soʻrovini rad etdi. Kiyev bu mablagʻ bilan 2026-yildagi harbiy xarajatlar uchun yetishmayotgan mablagʻni qoplamoqchi edi. Bryussel esa bunday qadam muammoni hal qilmay, uni kelasi yilga surishi mumkin deb hisoblamoqda..