Oʻzbekistonda gʻor turizmi rivojlantiriladi: 10 ta manzil tanlandi.
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida gʻor turizmini rivojlantirish boʻyicha tajriba-sinov loyihalari amalga oshiriladi. Hukumat turistik salohiyati yuqori boʻlgan 10 ta obyekt roʻyxatini tasdiqladi. Ularda sayohat yoʻnalishlari, xavfsizlik tizimi va turistik infratuzilma yaratiladi..