Qozogʻistonda harbiylarning halok boʻlishi ortidan dengiz floti sobiq bosh qoʻmondoni hibsga olindi.
Qozogʻiston Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq bosh qoʻmondoni Qanat Niyazbekov Kaspiy dengizidagi mashgʻulotlarda 14 nafar harbiy xizmatchi halok boʻlishi bilan bogʻliq ish doirasida hibsga olindi. Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev uni oʻtgan hafta lavozimidan ozod etgan edi..