Polsha bosh vaziri va mudofaa vaziriga hujum tahdidi: shoshilinch yigʻilish oʻtkazildi.
Polshada bosh vazir Donald Tusk va mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga suiqasd tayyorlash ehtimoli boʻyicha gumon qilingan shaxs ushlandi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 60 yoshlar atrofidagi erkak mamlakatning janubi-gʻarbida qoʻlga olingan..