Madaniy meros agentligi Adabiyot muzeyi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
Davlat adabiyot muzeyi uchun Yangi Toshkentda yangi bino qurilmoqda, unga qadar muzeydagi madaniy boyliklar vaqtincha ikkita muassasaga koʻchirilyapti. Navoiy koʻchasidagi tarixiy bino esa uzoq yillardan beri shu binoda faoliyat yuritib kelgan Davlat yoshlar teatriga berilgan va taʼmirlashga tushgan. Obyekt egasining oʻzgarishi – uning madaniy meros sifatida muhofaza etilishiga taʼsir koʻrsatmaydi..